O‘zbekiston qamoqxonalarida nazoratchilar bodikamera bilan ta’minlanadi 

  • 18:00 / 03.04.2021
  • 64

Prezidentning tegishli farmoni bilan jazoni ijro etish muassasalari xodimlariga personal videoregistrator (bodikamera) bilan xizmatni o‘tash tartibi tatbiq etiladi.

Shuningdek, mahkumlarning jazoni o‘tash tartibini buzish holatlarini aniqlash maqsadida muassasalarga kuzatish va mustaqil nazorat qilish imkoniyatiga ega intellektual kameralar (“Smart”) tizimi hamda taqiqlangan buyumlarni olib kirish holatlarini aniqlash va oldini olish maqsadida muassasalarning nazorat o‘tish joylarida bodiskanerlar o‘rnatiladi.

Bundan tashkari jazoni o‘tash jarayonida mahkumning xulq-atvori va shaxsi haqidagi “axborot portreti”ni tuzish va ozodlikka chiqishidan 2 oy oldin yashash joyi bo‘yicha hududiy ichki ishlar organlariga xabar berish imkoniyatini beruvchi yagona elektron tizim yaratiladi.