O‘zbekiston qariyb bir yildan beri Rossiyaga avtomobil eksport qilmayapti

  • 15:57 / 14.05.2019
  • 346

Ravon Rossiyada qatorasiga 11 oydan beri avtomobil sotmayapti, bundan Yevropa biznesi uyushmasi ma'lumotlari darak beradi.

2019 yilning aprelida kompaniya bitta dona ham avtomobil sotmadi, sababi ular sotuvda yo‘q. Taqqoslash uchun, 2018 yil aprel oyida 576 dona mashina sotilgan, 2018 yil yanvar-aprel oylarida - 4676 dona avtomobil.

Hozirda kompaniyaning bozordagi ulushi 0%ni tashkil qiladi. Bu Ravon oxirgi marta Rossiyada 2018 yilning may oyida avtomobil sotganligi bilan izohlanadi. O‘shanda ular Rossiyadagi aksariyat dilerlik markazlaridan g‘oyib bo‘ldi.

O‘zbekiston 2018 yil o‘rtalarida avtomobil eksportini to‘xtatdi. Yil oxiriga kelib, «O‘zavtosanoat» tashqi bozorlardagi vaziyatni o‘rganish uchun bir partiya avtomobillar jo‘natilgani to‘g‘risida xabar berdi. Keyinchalik, ko‘plab mamlakatlarga eksport tiklandi, biroq an'anaviy tarzda asosiy bozorlardan biri hisoblangan Rossiya bo‘yicha ishlar to‘xtab qoldi.

Teglar