O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati yigirma uchinchi yalpi majlisining ochilishi to‘g‘risida

  • 16:20 / 08.10.2019
  • 233

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma uchinchi yalpi majlisi 2019-yil 11-oktabr kuni soat 10:00 da Toshkent shahrida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining majlislar zalida ochiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zolari 2019-yil 10-oktabr kuni soat 9:00 dan 18:00 ga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati binosining foyesida ro‘yxatga olinadi.