O‘zbekiston temir yo‘llari 11- fevral kuni yosh qizni poyezd urib ketganligini tasdiqladi

  • 12:24 / 13.02.2020
  • 416

Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 11-fevral kuni Andijon viloyati Izboskan tumanida yosh qizni poyezd urib yuborgani va uning ahvoli og‘ir ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” rasmiy saytida voqea bo‘yicha o‘z munosabatini e’lon qildi.

Munosabatda keltirilishicha, ushbu voqea 11-fevral kuni soat 21:57’da Poytug‘-Kuyganyor temir yo‘l oralig‘ida ro‘y bergan. Andijon – Qo‘qon yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan 2TE10M-0116 yuk poyezdi 2003-yilda tug‘ilgan Turg‘unova N.ni urib ketgan va jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan.

Hozirda voqea bo‘yicha tergov-surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda. 

“Poyezd haydovchilarida faqatgina bitta yo‘l bor, avtomobil haydovchilari va piyodalarda esa tanlash imkoniyati mavjud. Poyezd past tezlikda harakatlangan taqdirda ham, to‘xtash imkoni bo‘lmasligi mumkin”, deb eslatadi “O‘zbekiston temir yo‘llari”.