O‘zbekiston temir yo‘llari o‘zbekistonlik sayohatchilar uchun bayram chegirmalarini e’lon qildi

  • 11:49 / 24.08.2021
  • 307

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2021-yilning 1–4-sentyabr kunlarida bayram chegirmalarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 
– Nafaqaxo‘rlar, nogironlar, 1941–1945-yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan – 50 foiz; 
– Oliy o‘quv yurtlarining talabalari, maktab o‘quvchilari, kollej va lisey talabalari, IIV, MG, DXX, DSQ, DBQ maxsus ta’lim muassasalari talabalari – 15 foiz; 
– Oilaviy (ikki yoki undan ortiq kishi – eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan ona) (nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) – 15 foiz;  
– Kollektiv (hamkasablarga) (4 kishidan ortiq - yo‘riqnoma asosida)  – 15 foiz; 
– “Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yo‘lovchilarga – 10 foiz.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” Ajning bergan izohiga ko‘ra, imtiyozli bo‘lgan chiptalarni faqat temiryo‘l kassalarida xarid qilish mumkin. Elektron chiptalarda belgilangan chegirmalar rasmiylashtirilmaydi.

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 3-dekabrda Prezidentning “2021-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF-6122-sonli Farmoni imzolangan va unga muvofiq mamlakatda ichki yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlari tarifidan chegirmalar qilib beriladi.

Yuqoridagi Farmonga muvofiq, 2021-yilning 1–3-yanvar va 21–23-mart kunlarida ham bayram chegirmalari qo‘llanilgan.