O‘zbekiston temir yo‘llari uchun Ispaniyadan yana ikkita “Afrosiyob” keltirilmoqda

  • 17:21 / 10.07.2021
  • 370

2021-yil 30-iyun kuni O‘zbekiston temir yo‘llari uchun keltirilayotgan 2 ta lokomotiv va 11 ta vagoni bo‘lgan “Afrosiyob” poyezdlari shuningdek, alohida yana 4 ta vagon ortilgan kema Ispaniyaning Bilbao portidan Rossiyaning Sankt Peterburg portiga yetib keldi.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ayni kunda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mutaxassislari rossiyalik hamkasblari bilan hamkorlikda mazkur zamonaviy poyezdni relsga qo‘yib, O‘zbekistonga olib kelishga hozirlashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Afrosiyob" tezyurar poyezdining dastlabkisi 2011-yil 22-iyul kuni olib kelingan va birinchi qatnovini o‘sha yilning 26-avgustida Toshkent-Samarqand yo‘nalishida amalga oshirgan edi. 

Shuningdek, “Afrosiyob”ning ikkinchisi 2011-yil 9-dekabrda, uchinchisi 2017-yilning martida va to‘rtinchisi o‘sha yilning aprelida keltirilgan.