O‘zbekiston Tojikistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini jo‘natdi

  • 12:50 / 26.05.2020
  • 175

O'zbekiston Tojikistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi. 24 tonnalik yuk dori-darmonlardan, asosan, antibiotiklardan iborat, deb xabar bermoqda Asia-Plus.

Qayd etilishicha, Dushanbega yetib kelgan O‘zbekiston hukumatining yordami shahar sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya qilish boshqarmasiga topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hukumati Tojikistonga 9-aprel hamda 9-may kunlari ikki bosqichli insonparvarlik yordamini yuborgandi.

Oldinroq Tojikistonga yordam berish uchun borgan bir guruh o‘zbekistonlik shifokorlar mamlakatga qaytib kelgani haqida xabar bergandik.