O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-O‘mon transport yo‘lagi rivojlantiriladi

  • 11:05 / 06.04.2021
  • 117

Bu haqda joriy yil 5 aprel kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Eron Islom Respublikasi TIV rahbari Muhammad Javad Zarif ishtirokidagi uchrashuvda ma’lum qilingan.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Eron o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va boshqa sohalardagi hamkorlikning bugungi ahvoli va ularni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.

Jumladan, transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, xususan, Eronning dengiz portlaridan samarali foydalanish hamda O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-O‘mon transport yo‘lagini rivojlantirish muhim ekani ta’kidlandi.

Shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash va Afg‘onistonda tinchlik jarayonini ilgari surish masalalari muhokama qilindi.