O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida hujjatlar imzolandi

  • 13:13 / 04.08.2021
  • 112

2021-yilning 4-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida korrupsiya, narkotik moddalarni noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik qilish to‘g‘risida hukumatlararo hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov hamda Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi Elchisi Deniyel Rozenblyum imzoladilar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abdulaziz Komilov BMT sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun bilan uchrashgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Teglar