O‘zbekiston va Qatar to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

  • 13:11 / 08.04.2021
  • 61

Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimovning Qatar aviatsiya idoralari vakillari bilan uchrashuvida ma’lum qilindi. 

Uchrashuvda Qatar fuqaro aviatsiyasi xizmati departamenti boshlig‘i Muhammad Faleh Alxajri O‘zbekiston bilan Qatar o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim imzolanishi ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada faollashtirish, sayyohlik va ishbilarmonlik almashinuvini jadallashtirilishiga xizmat qilishini ta'kidladi.

Shuningdek, uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik bitim loyihasi yuzasidan mavjud masalalarni tezkor hal etish, imzolash hamda hamkorlikni rivojlantirishga doir muloqotni davom ettirishga kelishib olishdi.