O‘zbekiston va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot qildi

  • 15:17 / 23.08.2019
  • 252

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri

2019-yilning 18-avgust kuni Qirg‘izistonning O‘sh viloyati Qorasuv shahrida “qulatuv” jangi bo‘yicha “WEF PROFFIGHT” turnirida sodir bo‘lgan voqeaga yuzasidan internet makonida paydo bo‘lgan videolavhalar va izohlarga e’tibor qaratdik 

Mazkur masala bo‘yicha 2019-yilning 22-avgust kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Ishning barcha jihatlarni birgalikda o‘rganish va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona aloqalar ruhida vaziyatni hal qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18-avgust kuni Qirg‘izistonning O‘sh viloyati Qorasuv shahrida “qulatuv” jangi bo‘yicha “WEF PROFFIGHT” turnirida o‘zbekistonlik sportchi Nursulton Ro‘ziboyev va qirg‘izistonlik Oltinbek Oriqboyev o‘rtasidagi jangdan so‘ng, o‘zbekistonlik sportchining Vatani bayrog‘ini ko‘tarishi hakamning noroziligiga sabab bo‘ldi. Hakam O‘zbekiston bayrog‘ini ringdan tashqariga uloqtirdi. Ayni shu holat o‘zbekistonliklarning jiddiy noroziligini keltirib chiqargandi.