Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova ma’lum qildi.
“Vazirlik ham xitoylik mutaxassislar bilan hamkorlik qilib keladi. Xitoyda ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining dastlabki sinov bosqichlari muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bois uning so‘nggi – uchinchi klinik sinov bosqichlarini O‘zbekistonda o‘tkazdik.
Tahlil va o‘rganishlar ko‘rsatyaptiki, vaksina – mutlaqo xavfsiz va uni qabul qilgan insonda 95-97 foiz antitanachalar shakllanadi”, dedi vazir o‘rinbosari.