O‘zbekiston va Xitoy harbiy texnika va texnologiyalar sohasida hamkorlik qiladi

  • 10:40 / 19.08.2021
  • 284

Xitoy Markaziy harbiy kengashi Qurol, harbiy texnika va texnologiyalarni rivojlantirish bosh boshqarmasi delegatsiyasining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi tashkillashtirildi.
Bu haqda Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston-Xitoy tomoni mas’ul vakillari tomonidan Qurol, harbiy texnika va texnologiyalar sohasida hamkorlik bo‘yicha mavjud va istiqbolli loyihalar, ularni amalga oshirish muddatlari hamda hamkorlik sohasini tizimli tartibda rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilinadi.

Tashrif davomida xorijiy delegatsiya vakillariga O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi tasarrufidagi mudofaa sanoati kompleksi korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan harbiy va ikki maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar namoyish etildi.