O‘zbekiston xalq shoiri Oxunjon Hakimov vafot etdi

  • 11:18 / 26.03.2020
  • 107

  Bugun, 26-mart kuni O‘zbekiston xalq shoiri, Oxunjon Hakimov 86 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati.


  Uning “Dostonlar” (1970), “Qo‘llarim ko‘ksimda” (1976), “Tafakkur boqiy” (1982), “Vatan qasidasi” (1984), “O‘shal kun kelur” (1990), “Ko‘zlaringni o‘zi qaro” (1992), “Qizlar xayol sursalar” (1995), “Muhabbatni ko‘zlardan izlang” (1996), “Malaklar surati” (2004), “Dunyo, dunyo…” (2005), “Olam g‘alat, odam g‘alat” (2009), “Ko‘ksingizda yashasam deyman” (2010), “Dardingizga malham bor” (2010), “Uyingizga sovchi boradi” (2013), “Bir diyor bor” (2013) she’riy to‘plamlari nashr etilgan.

Oxunjon Hakimovning adabiyotga qo‘shgan hissasi munosib qadrlanib, 1998-yilda “El-yurt hurmati” ordeni va 2006-yilda “O‘zbekiston xalq shoiri” faxriy unvonlari bilan mukofotlangan.