O‘zbekiston aeroportlari davlat-xususiy sheriklik asosida rekonstruksiya, modernizatsiya va ekspluatatsiya qilinadi. Bu borada Prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.
Bunda uch yil muddatga:
– xususiy sheriklar olib kiriladigan transportlar, yo‘l-qurilish texnikasi, mashinalar, mexanizmlar, uskunalar, xomashyo, materiallar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, uzellar, texnologik va loyiha hujjatlari, dasturiy ta’minot, jihozlar bojxona bojidan;
– transportlar va maxsus texnika uchun utilizasiya yig‘imidan ozod qilinadi;
– xususiy sheriklar va aeroportlar foyda solig‘ini, shu jumladan dividend to‘lashda ushlab qolinadigan foyda solig‘ini belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida to‘laydi;
– aeroportlar uchun mol-mulk solig‘ining belgilangan stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.