O‘zbekistonda diplomlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinadigan xorijiy OTMlar ro‘yxati tasdiqlandi

  • 09:42 / 26.03.2021
  • 61

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qo‘shma qarori bilan xalqaro tan olingan QS, THE, ARWU tashkilotlari tomonidan e’lon qilingan OTMlar reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatiga kiritilgan oliy ta’lim muassasalarining 2021-yil uchun ro‘yxati tasdiqlandi. 

Ushbu ro‘yxatga kiritilgan xorijiy OTMlarda olingan diplomlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi.

Jumladan, ushbu ro‘yxatga AQShning 530ta, Rossiyaning 55ta, Buyuk Britaniyaning 243ta, Xitoyning 318ta hamda Qozog‘istonning 10ta oliy ta’lim muassasalari kiritilgan.