O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarilishda davom etmoqda

  • 15:24 / 10.06.2019
  • 516

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 11 iyundan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 5,11 so‘mga ko‘tarilgan va 1 dollar 8518,68 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

1 yevro kursi 145,42 so‘mga oshib, 9652,52 so‘mni tashkil etgan.

1 rubl esa 0,92 so‘mga qimmatlab, 131,33 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, valuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.