O‘zbekistonda emlangan fuqarolarning 71 nafarida no‘joya ta'sir kuzatildi

  • 10:00 / 08.04.2021
  • 82

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov 7-aprel kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda koronavirusga qarshi emlash jarayonlari haqida ma'lumot berdi.

Hozirgi kunga qadar umumiy emlanganlar orasida yengil darajadagi nojo‘ya ta’sirlar 71 holatda qayd etildi. Bular qanday nojo‘ya ta’sirlar:
–  45,7 foizida tana haroratining 37,5 darajadan oshishi;
–  21,2 foizida tanada og‘riq;
–  14,1 foizida emlagan joyda qichishish;
–  11,2 foizida yengil bosh og‘rig‘i;
–  6,1 foizida emlangan joyda og‘riqning paydo bo‘lishi;

Uning qayd etishicha, shu vaqtgacha emlangan fuqarolarda jiddiy asoratlar kuzatilmagan.
O‘zbekistonda fuqarolar "AstraZeneca" hamda "ZF-UZ-VAC2001" vaksinalari bilan emlanmoqda. Hozirga qadar 50 mingga yaqin fuqaro emlangan.