O‘zbekistonda Gruziyaning “TBC Bank” aksiyadorlik tijorat bankiga ish boshlashi uchun litsenziya berildi

  • 13:18 / 20.04.2020
  • 52

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2020-yil 11-apreldagi qaroriga muvofiq, “TBC Bank” aksiyadorlik tijorat bankiga bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avvalida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Bank nazorati qo‘mitasi “TBC Bank Group PLC” kompaniyasi Toshkent shahrida “TBC Bank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnoma berish to‘g‘risida qaror qabul qilganligi haqida ma’lum qilingan edi.