Oʻzbekistonda hafta soʻngiga qadar sovuq havo boʻladi 

  • 14:02 / 14.01.2020
  • 423

Oʻzbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi mazkur hafta soʻngiga qadar Oʻzbekistonda ob-havoning qanday boʻlishi haqida maʼlum qildi. 

Ma’lumotga ko‘ra, ertadan (15-yanvar) boshlab va ish haftasining oxirigacha butun tekislik hududida ob-havo quruq va sovuq boʻladi. Oʻzbekistonning togʻli hududlarida kuchsiz qor yogʻishi kutilmoqda. Shu kunlarda havo harorati kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq va 3 daraja iliq boʻladi, bu yanvar oʻrtasi uchun harorat meʼyorlaridan 3-5 darajaga past koʻrsatkich.