O‘zbekistonda har 100 ta uy xo‘jaligiga nechta mobil telefon to‘g‘ri kelishi ma’lum bo‘ldi 

  • 18:47 / 23.09.2021
  • 183

Davlat statistika qo‘mitasi har 100 ta uy xo‘jaligiga nechta mobil telefon to‘g‘ri kelishini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2021-yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra, 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan mobil telefonlar soni 290 tani tashkil etdi.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu ko‘rsatkich 2010-yilda 145 ta, 2015-yilda esa 234 tani tashkil etgan.

Teglar