O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni yana beshtaga oshdi

  • 11:04 / 26.03.2020
  • 780

Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni yana beshtaga oshib, 65 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu infeksiya Saudiya Arabistonida Umra safarida bo‘lib qaytgan farg‘onalik bemorning turmush o‘rtog‘i, ikki nafar farzandi va kelinida aniqlangan. Ular ayni vaqtda Farg‘onadagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Yana bir bemor Toshkent viloyatidan bo‘lib, ayni paytda u Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida davolanmoqda.

Koronavirusga qarshi hamjihatlikda kurashamiz!