O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar 2967 kishiga yetdi

  • 08:32 / 22.05.2020
  • 170

21-may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 3 nafarga oshib, 2967 kishini tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, 21-may 16:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2964 nafarni tashkil qilgandi.

Hozirga qadar bemorlarning 2407 nafari sog‘aydi, 13 nafari vafot etdi.