O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar 5 ming kishiga yaqinlashdi

  • 17:51 / 13.06.2020
  • 383

Bugun, 13-iyun kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 68 nafarga oshib, 4937 kishini tashkil etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi

Ayni paytga qadar COVID-19 bilan kasallanish holatlari mamlakatning quyidagi hududida qayd etildi:

– Toshkent shahrida 10 ta yangi holat.

Shuningdek, karantin markazidagi 58 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Ayni paytga qadar mamlakatda 3837 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan bo‘lib, 1081 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 14 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda

Kecha, 12-iyun kuni soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar 4869 kishini tashkil qilgandi