O‘zbekistonda koronavirusga qarshi qariyb 17 mln. doza vaksina qo‘llanildi

  • 11:00 / 12.09.2021
  • 141

Shu kunga qadar O‘zbekistonda to‘liq emlangan fuqarolar 3 121 019 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 11-sentabrda respublika hududlari bo‘ylab 260 993 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 71 291 nafarni, 2-bosqich emlanganlar 135 907 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 53 795 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 16 861 167 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 9 991 456 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 5 143 903 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 1 725 808 nafarni tashkil qildi.

Shuningdek, kecha emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni Andijon viloyati (33 255 doza), Toshkent viloyati (28 063 doza), Samarqand viloyati (25 615 doza)  band qildi.

Bundan tashqari, jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar Farg‘ona viloyatida 1 918 097 doza, Namangan  viloyatida 1 845 181 doza, Andijon viloyatida 1 821 534 dozani tashkil qilmoqda.