O‘zbekistonda “Lada” avtomobillarini seriyali ishlab chiqarish boshlandi

  • 14:06 / 21.09.2021
  • 192

Jizzax erkin iqtisodiy zonasi tarkibidagi "ADM Jizzakh" zavodida yirik uzelli yig‘ish usulida (SKD) birinchi bo‘lib “Lada Vesta SW” va “Lada XRAY” modellarini ishlab chiqish yo‘lga qo‘yildi. Tez orada ular safiga “Lada Largus” ham qo‘shiladi.

“O‘zbekiston AvtoVAZ uchun eng muhim bozorlardan biri hisoblanadi. Hamkorlikning yangi bosqichi “Lada”ning mamlakatdagi xaridorgirligini oshirishga xizmat qiladi degan umiddamiz”, – deydi “Roodell” kompaniyasi ma’muriyati.

Ta’kidlanishicha, mahalliy yig‘ish “Lada” avtomobillarini iste’molchilar uchun (birinchi navbatda, kredit dasturlari va Trade-in tufayli) yanada arzonroq qiladi.

Bundan tashqari kompaniya davlat xaridlarida ishtirok etishni mo‘ljallamoqda. Bundan “Lada” brendini O‘zbekiston bozorlarida keng tanitish maqsadi ko‘zlangan.

Ma’lumot uchun, 2020-yilda “Lada” avtomobillarining 5 mingdan ortig‘i “Roodell” dilerlik tarmog‘i orqali sotilgan.