O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 2 mln. 971,1 ming so‘mni tashkil etmoqda

  • 18:35 / 25.07.2021
  • 268

2021-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2 mln. 971,1 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16 foizga o‘sgan. Bu haqda Statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yanvar-iyun oylarida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan korxona va tashkilotlarda ishlovchi, qishloq xo‘jaligi va kichik tadbirkorlik subyektlaridan tashqari xodimlarning o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqlari har bir iqtisodiy faoliyat turlarida quyidagicha:

- sanoat sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 3 mln. 734,6 ming so‘mni;

- qurilish sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 3 mln. 690,7 ming so‘mni;

- savdo sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 2 mln. 977,3 ming so‘mni;

- axborot va aloqa sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 5 mln. 138,4 ming so‘mni;

- moliyaviy va sug‘urta faoliyati sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 7 mln. 111 ming so‘mni;

- ta’lim sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 2 mln. 250 ming so‘mni;

- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 2 mln. 49 ming so‘mni tashkil etdi.

Ma’lumot o‘rnida, jismoniy shaxslar mehnatiga haq to‘lash tarzidagi daromadlar 51 trln. 525,9 mlrd. so‘mga yetdi. O‘rtacha ish haqi hisoblash uchun qabul qilingan korxona va tashkilotda mehnat daftarchalari mavjud bo‘lgan xodimlar soni 2 mln. 890,4 ming kishini tashkil etdi.

Teglar