O‘zbekistonda payshanba kuni qor yog‘ishi mumkin

  • 13:18 / 17.11.2019
  • 2304

20-noyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 21-noyabr kuni yomg‘ir yog‘ishi va qorga aylanishi kutilmoqda.


Sinoptiklar ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahrida hamda O‘zbekistonning boshqa shaharlarida kelayotgan hafta qor yog‘ishi kutilmoqda.
21-noyabr kuni qor yog‘adi

"O‘zgidromet" xabar berishicha, 18-19-noyabr kunlari O‘zbekiston poytaxtida va boshqa shaharlarda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

20-noyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 21-noyabr kuni yomg‘ir yog‘ishi va qorga aylanishi kutilmoqda. Shuningdek, 20-21-noyabr kunlari shamol tezligi 15-20 m/s kuchayishi mumkin.

Kechasi havo harorati pasayadi

Havo harorati 18-19 noyabr kunlari 0...+5° darajani tashkil etadi, kunduzi  +10...+15 daraja iliq bo‘ladi; 20 noyabr kuni kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +10...+15 daraja iliq bo‘ladi; 21 noyabr kuni kunduzi va kechasi havo temperaturasi +3...+8 daraja bo‘ladi.