O‘zbekistonda qancha fuqaro karantin muddatini o‘tamoqda?

  • 16:05 / 22.05.2020
  • 426

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlar haqida ma’lumot berdi. 

Respublika bosh davlat sanitariya inspektorining bergan ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar soni 3006 nafarga yetgan

Kuni kecha 35 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan tuzalib, bugungi kunga qadar jami 2407 nafar, ya’ni 80 foiz bemor to‘liq sog‘aydi
Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, shifoxonalarda 586 bemor davolanmoqda, ulardan 5 nafarining ahvoli og‘ir ekanligi aytilgan

Epidemik vaziyat noxush bo‘lgan hududlardan kelgan va bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 44 455 nafar fuqaro salomatligi ustidan tibbiy nazorat davom etmoqda. Ulardan 26 009 nafar fuqaro uy sharoitida bo‘lsa, 18 446 nafar fuqaro statsionar sharoitda karantinga olingan. Respublikadagi mavjud virusologik laboratoriyalarda hozirga qadar 551 mingga yaqin test sinovlari o‘tkazildi, deyiladi xabarda.