O‘zbekistonda shu kungacha koronavirusga qarshi 18 million dozadan ortiq vaksinadan qo‘llanildi

  • 22:04 / 18.09.2021
  • 124

O‘zbekistonda shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 3 mln. 596 ming 143 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 17-sentabrda O‘zbekiston hududlari bo‘ylab 200 ming 430 doza COVID-19 ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 58 011 nafarni, 2-bosqich emlanganlar 95 642  nafarni, 3-bosqich emlanganlar 46 777 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 18 082 373  doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 10 334 108 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 5 745 222 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 2 003 043 nafarni tashkil qildi.

Shuningdek, kecha emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni Namangan viloyati (23 106 doza), Toshkent viloyati (22 743 doza), Andijon viloyati (22 232  doza) band qildi.

Bundan tashqari, jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar Farg‘ona viloyatida 2 029 659  doza, Namangan  viloyatida 1 967 350 doza, Andijon viloyatida 1 965 116  dozani tashkil qilmoqda.