Oʻzbekistonda sportchilarning Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik jarayoni toʻxtatildi

  • 14:36 / 26.03.2020
  • 43

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy Tarbiya va Sport Vazirligi

Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi tomonidan “Tokio-2020” Olimpiadasini bir yilga kechiktirish boʻyicha qaror qabul qilingach, Olimpiya sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari uchun tashkil etiladigan barcha oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari 25-mart sanasidan vaqtincha toʻxtatildi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, litsenzion turnirlar sanasi aniq boʻlgunga qadar milliy terma jamoa aʼzolari oʻz uyida individual reja asosida mashg‘ulot olib boradi.

Milliy Olimpiya qoʻmitasi va Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Tezkor shtab” sportchilarning individual reja asosida kunlik mashgʻulot oʻtkazishini doimiy nazorat qilib boradi.