O‘zbekistonda temir yo‘l transporti orqali qancha yuk tashilgani ma’lum qilindi 

  • 21:45 / 14.09.2021
  • 75

2021-yilning yanvar-iyun oylarida temir yo‘l transporti orqali 35,2 mln. tonna yuk tashilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2020-yilda temir yo‘l transporti orqali jami 70,6 mln. tonna yuk tashilgan. Yillik yuk aylanmasi hajmi 23,5 mlrd. so‘mni tashkil etgan. Bu 2019-yil yakuni bilan solishtirilganda 7 foizga oshgan.

Quyida so‘nggi 5 yilda temir yo‘l transporti orqali tashilgan yuk hajmini ko‘rishingiz mumkin:
2016-yilda – 67,6 mln. tonna;
2017-yilda – 67,9 mln. tonna;
2018-yilda – 68,4 mln. tonna;
2019-yilda – 70,1 mln. tonna;
2020-yilda – 70,6 mln. tonna.