Oʻzbekistonda yengil avtomobil eksporti qariyb 123 mln. AQSh dollariga oshganligi maʼlum boʻldi

  • 02:58 / 19.08.2021
  • 184

Oʻzbekiston 7 ta mamlakatga 194,0 mln. AQSh dollariga teng yengil avtomobillar eksport qilingan.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021 yilning yanvar — iyul oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 194,0 mln. AQSh dollariga teng yengil avtomobillar eksport qilingan.

Qayd etilishicha, ushbu koʻrsatkich orqali yengil avtomobil eksporti oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 123,0 mln. AQSh dollariga oshgan.

Maʼlum boʻlishicha, Oʻzbekiston Qozogʻistonga, 181,9 mln, Afgʻonistonga 5,7 mln, Ukrainaga 2,3 mln, Rossiyaga 1,9 mln, Qirgʻiziston Respublikasiga 1,0 mln, Ozarbayjonga – 484,1 ming hamda Tojikistonga 480,1 ming AQSh dollariga teng miqdorda yengil avtomobil eksport qilgan.