O‘zbekistonda zilzila yuz berdi

  • 10:01 / 04.12.2019
  • 1546

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, bugun – 4 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 05:35 (Grinvich bo‘yicha 04.12.2019 da 00:35) O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi.

39,81 gradus shimoliy kenglik, 68,01 gradus sharqiy uzunlikda sodir bo‘lgan ushbu zilzila magnitudasi 4,5 ga teng bo‘lgan. Yer silkinishi mamlakat poytaxti Toshkent shahridan janubiy yo‘nalish bo‘yicha 191 km uzoqlikda, 18 km. chuqurlikda sodir bo‘lgan. 

Zilzila O‘zbekiston hududida Gulistonda 2 ball, Jizzaxda 3 ball, Samarqandda 2 ball bo‘lgan.