O‘zbekistonga 2016 yili Rossiyadan to‘lov tizimlari orqali qancha pul yuborilgan?

  • 19:07 / 21.03.2017
  • 10476

2016 yilda Rossiyadan O‘zbekistonga to‘lov tizimlari orqali 1,888 mlrd dollar pul o‘tkazmalari yuborilgan, bu 2015 yil bilan taqqoslaganda 20,34 foizga kamroq. Bu haqda Rossiya Markaziy banki ma'lumotlari darak bermoqda.

Rossiya Markaziy banki ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistondan Rossiyaga to‘lov tizimlari orqali 87 mln dollar o‘tkazilgan (2015 yilda – 357 mln dollar, -75,63 foiz).

Rossiyadan to‘lov tizimlari orqali O‘zbekistonga bir pul o‘tkazmasining o‘rtacha qiymati 431 AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lsa, O‘zbekistondan Rossiyaga 1203 AQSh dollariga teng bo‘ldi.

Rossiya Markaziy banki ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yilning to‘rtinchi choragida Rossiyadan O‘zbekistonga to‘lov tizimlari orqali 514 mln dollar yuborilgan.

Shu bilan birga, O‘zbekistondan Rossiyaga 2016 yilning to‘rtinchi choragida to‘lov tizimlari orqali 19 mln dollar o‘tkazildi.

Rossiya Markaziy bankining ta'kidlashicha, bu ma'lumotlar Anelik, BLIZKO, Contact, InterExpress, UNIStream, Western Union, Kolibri, Zolotaya Korona, LIDeR, Pochta Rossii kabi to‘lov tizimlarini qamrab olgan.

Teglar