O‘zbekistonda 7 oyda elektromobillar uchun qancha sarflangani ma’lum qilindi

  • 20:46 / 22.08.2021
  • 317

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga xorijdan 432 ta elektromobil import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 364 taga ko‘p.

2021-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston asosan qaysi davlatlardan elektromobillarni import qilgan?

– Xitoy – 388 ta
– Turkiya – 24 ta
– AQSH – 6 ta
– Koreya – 5 ta
– Germaniya – 4 ta
– Litva – 1 ta 
– Ispaniya – 1 ta
– Rossiya – 1 ta
– Gongkong – 1 ta
– BAA – 1 ta

2021-yilning yanvar-iyul oylarida import qilingan elektromobillar uchun 7,7 mln. AQSh dollari sarflangan.