O‘zbekistonga davolanish maqsadida qariyb 12 ming nafar xorijlik kelgan – Statistika qo‘mitasi

  • 22:06 / 22.09.2021
  • 103

2021-yilning 6 oyida O‘zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda jami 691,7 ming nafar chet el fuqarolari kelgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lum qildi.

Quyida O‘zbekistonga kelgan chet el fuqarolarining sonini safar maqsadlari kesimida ko‘rishingiz mumkin:
- qarindoshlarni yo‘qlash — 577,8 ming;
- dam olish — 65,7 ming;
- xizmat yuzasidan — 27,4 ming;
- davolanish — 11,8 ming;
- tijorat — 5,7 ming;
- o‘qish maqsadida — 3,3 ming .