O‘zbekistonga davolanish maqsadida qariyb 12 ming xorijlik kelgan – statistika

  • 17:28 / 21.09.2021
  • 98

Joriy yilning 6 oyida O‘zbekistonga davolanish maqsadida qariyb 12 ming xorijlik kelgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, 2021-yilning 6 oyida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda jami 691,7 ming nafar chet el fuqarolari kelgan. 

O‘zbekistonga kelgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari:
– qarindoshlarni yo‘qlash — 577,8 ming 
– dam olish — 65,7 ming 
– xizmat yuzasidan — 27,4 ming
– davolanish — 11,8 ming 
– tijorat — 5,7 ming
– o‘qish maqsadida — 3,3 ming.    

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda O‘zbekistonga turistik maqsadda tashrif buyurgan chet el fuqarolari soni 1,5 million kishini tashkil etgan. Bu esa 2019-yilga nisbatan 77,7 foizga kam deganidir.