Oʼzbekistonga kelgan firibgar xorijliklar ushlandi

  • 14:55 / 08.11.2019
  • 995

3-noyabr kuni I. Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida “Istanbul – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha Toshkentga kelgan bir guruh shaxslarning qingʼir ishlari fosh bo‘ldi. Bu haqida DXX chegara qo‘shinlari Matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Pasportlar qalbaki ekan
Sayyohlarning Italiya davlatiga tegishli fuqarolik pasportlari tekshirilganda qalbaki ekanligi aniqlangan. 

Ular asli eronlik bo‘lib chiqdi

Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida ushbu shaxslar aslida Eron fuqarolari ekanligi maʼlum bo‘lgan. Ularga qonunchiligimizda belgilangan tartibda chora ko‘rildi. 

60 dan ortiq davlatga vizasiz rejim ishlayapti
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan sayyohlar oqimini oshirish maqsadida qariyb 60 dan ortiq xorijiy davlat fuqarolari uchun O‘zbekistonga 30 kungacha vizasiz tartib joriy qilindi. Natijada yurtimizga kelayotgan sayyohlar oqimi ikki barobarga ko‘paydi.