O‘zbekistonga Rossiyadan 20ta tez yordam mashinasi olib kelindi 

  • 09:40 / 06.04.2021
  • 150

O‘zbekiston SSV buyurtmasiga binoan mamlakatga tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan 20ta yangi avtomobil olib kelindi.  Gorkovskiy avtozavodida ishlab chiqarilgan mashinalarni topshirish marosimi INNOPROM Xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tgan. 

16 ta “Sobol” yo‘ltanlamasi va 4 ta “GAZel NEXT” tibbiy komplekslarini topshirish marosimida RF Sanoat va savdo vaziri D.Manturov, Investitsiya va tashqi savdo vaziri S.Umrzoqovlar qatnashdi.  

 

“GAZel NEXT” kompleksi tibbiy ko‘riklar, profilaktika, diagnostika va davolash muolajalari uchun mo‘ljallangan. U ikkita alohida moduldan iborat bo‘lib, ichki qismni kerakli tibbiy uskunalar bilan jihozlash mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, uni ikkita to‘laqonli tibbiyot xonasi desa bo‘ladi.