O‘zbekistoning ayrim hududlarida zilzila ro‘y berdi

  • 11:01 / 17.04.2020
  • 898

Bugun, 17-aprel kuni Toshkent vaqti bilan 09:34 O‘zbekistonda zilzila sodir bo’ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Koordinatalar 41,02 gradus shimoliy kenglik, 71,75 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda М=4. Chuqurlik h=10 km. Toshkentgacha masofa 214 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
Namangan: 7 km, 4 ball.
Andijon: 57 km, 2 ball.
Farg‘ona: 71 km, 2 ball.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmagan.

Talafotlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 26-mart kuni ham zilzila qayd etilgandi.