O‘zbekistonlik armrestlingchilar 12 ta medalni qo‘lga kiritishdi

  • 09:14 / 06.11.2019
  • 93

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy Tarbiya va Sport Vazirligi

2019-yilning 26-oktabr - 4-noyabr kunlari Ruminiyaning Konstansa shahrida armrestling bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqada vakillarimiz 7 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza, jami 12 ta medalni qo‘lga kiritishdi. Shuningdek, terma jamoamiz o‘z tarixida ilk marotaba musobaqada umumjamoa hisobida 3-o‘rinni band etishdi.

Turnirda dunyoning 54 ta mamlakatidan 1 200 nafarga yaqin ishtirokchilar 12 ta vazn toifasida g‘oliblik uchun bahs olib borishdi. 

Jahon chempionatida g‘olib va sovrindorlar qatoridan o‘rin olgan vakillarimiz quyidagilar:

1. Abduraximova Zaranigor 45kg 2ta oltin;

2. Kodirova Iroda 50kg vaznda 1 oltin;

3. Soliyeva Nazokat 60kg vaznda 2ta oltin;

4.  Israfilov Balabek 70kg vaznda 2ta oltin;

5. Xujakulova Zuxra 65kg vaznda 2ta kumush; 

6. Nematullayev Muxammadbobir 2ta bronza; 

7. Axmadxonov Saidmuxammadxon kumush;
 
7. Nematullayev Sultonbek (kattalar o‘rtasida) 80 kg vaznda  bronza.