O‘zbekistonlik bokschi “IBF” reytingida birinchi pogʻonada

  • 10:08 / 08.10.2019
  • 803

Foto: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) sentabr oyi uchun yangi reytingini eʼlon qildi. Yangilangan reytingga koʻra, yarim oʻrta vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan charm qoʻlqop ustasi Qudratillo Abduqahhorov (16-0, 9 KO) oʻz vazn toifasida rasman birinchi pogʻonadan joy oldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.


Vazni 63,5 kilogramgacha boʻlgan yengilmas bokschimiz Shohjahon Ergashev (17-0, 15 KO) avvalgi oydagi kabi 6-oʻrinda qoldi.Ushbu vazn toifasidagi janglarda ishtirok etayotga yana bir vakilimiz Shahram Gʻiyosov (9-0, 7 KO) ham oʻz oʻrinini saqlab, 15-oʻrindan tushmadi. 


Eslatib oʻtamiz, hozirda IBF reytingida yuqoridagi uch nafar professional bokschilarimiz oʻrin olgan, boshqa yurtdoshlarimiz esa hozircha reyting jadvaliga kirmagan.

Teglar