O‘zbekistonlik bokschilarning jahon chempionatidagi raqiblari e’lon qilindi

  • 08:44 / 09.09.2019
  • 572

10-avgust kuni Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida boks boʻyicha havaskorlar oʻrtasidagi jahon chempionati boshlanadi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, bundan biroz avval jahon chempionati bahslariga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi. Unga koʻra mazkur jahon chempionatida vatanimiz sharafini himoya qiladigan o‘zbekistonlik charm qoʻlqop ustalari oʻz raqiblarini bilib olishdi.

Demak, -52 kg vazn toifasida ringga koʻtariladigan Rio-2016 olimpiadasi gʻolibi Shahobiddin Zoyirov birinchi davrada turkmanistonlik Gulijonovga qarshi ringga koʻtarilsa, -57 kg vazn toifasidagi Miraziz Mirzaxalilov esa bahslarga ikkinchi davradan qoʻshiladi. Shuningdek, Bobousmon Baturov, Sanjar Tursunov hamda Bahodir Jalolov kabi yetakchi bokschilar ham birinchi davradan ozod etilgan.

Qurʼa natijalari quyidagicha koʻrinish oldi:

-52 kg: Shahobiddin Zoirov – Gulijanov (Turkmaniston)

-57 kg: Miraziz Mirzaxalilov – De Andrade (Braziliya)/Ivanov (Polsha)

-63 kg: Elnur Abdurayimov – Ben Baziz (Jazoir)

-69 kg: Bobousmon Baturov – Arreguyi (Argentina)/Mikkalef (Chernogoriya)

-75 kg: Fanat Qahramonov – Davaasuren (Moʻgʻuliston)

-81 kg: Dilshodbek Roʻzmetov – Narmandax (Moʻgʻuliston)

-91 kg: Sanjar Tursunov – Xuliyo Blanko (Kolumbiya)/Teysheyra Da Silva (Braziliya)

+91 kg: Bahodir Jalolov – Rogava (Ukraina)/Ramazon Purdelavar (Eron)

Eslatib oʻtamiz, Germaniyada oʻtkazilgan soʻnggi jahon chempionatida -69 kg vazn toifasida Shahram Gʻiyosov oltin medalga sazovor boʻlgandi.