O‘zbekistonlik o‘quvchilar Olmaotada o‘tgan olimpiadada 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

  • 12:27 / 14.01.2020
  • 100

9-14-yanvar kunlari o‘zbekistonlik iqtidorli o‘quvchilar Qozog‘istonning Olma-ota shahrida matematika, fizika va informatika fanlaridan bo‘lib o‘tgan 16-Xalqaro Jautikov (IZHO) olimpiadasida qatnashib, 6 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

84 ta jamoa bellashdi

Ushbu fan olimpiadasida 21 ta davlatdan, kelgan 84 ta jamoa tarkibida jami 600 nafar ishtirokchi qatnashdi.

O‘zbekistonlik o‘quvchilar olimpiadada munosib qatnashib, 6 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz Eldor Nematov, Jahongir Norboyev va Diyorbek Tolibov 2017-yil Tailandda, 2018-yil Bolgariyada va 2019-yilda JARda bo‘lib o‘tgan Xalqaro matematika musobaqasida (IMC), shuningdek, 2019-yilda o‘tkazilgan qo‘shimcha respublika olimpiadasida ham medallarni qo‘lga kiritgan.