O‘zbekistonlik sportchi “eng tajovuzkor jangchi” nomiga munosib koʻrildi

  • 11:41 / 30.09.2019
  • 312

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy Tarbiya va Sport Vazirligi

Rossiya poytaxti Moskva shahrida taekvondo WT boʻyicha “Russia Open” xalqaro turniri yakuniga yetdi. O‘zbekistonlik taekvondochilar uchun “Russia Open” anchayin esda qolarli boʻldi. Oʻzbekiston sharafini 15 nafar sportchi himoya qilgan boʻlsa, shulardan 8 nafari oʻz hisoblariga medallarni yozdirib qoʻyishdi.

Vakillarimiz Moskvadagi musobaqada 5 ta oltin, 2 ta kumush hamda 1 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.

Shuningdek, qizlardan Nigora Tursunqulova turnirning “eng tajovuzkor jangchi”si nomiga munosib koʻrildi.

Quyida G-1 tasnifidagi “Russia Open” turnirida sovrindor boʻlgan sportchilar roʻyxati bilan tanishing:

Oltin

Feruza Sodiqova (-62 kg)
Nigora Tursunqulova (-67 kg)
Svetlana Osipova (+73 kg)
Jasurbek Jaysunov (-68 kg)
Nikita Rafalovich (-80 kg)

Kumush

Charos Qayumova (-53 kg)
Ozoda Sobirjonova (-57 kg)

Bronza

Madinabonu Mannopova (-49 kg)