O‘zbekistonlik talaba jahon chempionatida 3-o‘rinni egalladi

  • 17:31 / 14.08.2019
  • 615

Estoniyaning Tallin shahrida sport kurashlari boʻyicha yoshlar oʻrtasida jahon chempionati boʻlib oʻtmoqda.

Erkin kurash boʻyicha vazni 97 kilogrammgacha boʻlgan polvonlar bahsida hamyurtimiz Maqsud Veysalov terma jamoamizga dastlabki medalni tuhfa etdi.

Sportchimiz 3-oʻrin uchun kechgan bellashuvda hindistonlik Akash Antiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va bronza medaliga sazovor boʻldi.

Maʼlumot oʻrnida, Maqsud Veysalov 1999-yil 23-yanvarda Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani Baxt shahrida tavallud topgan, hozirda Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti 2-kurs talabasi.

Chempionatning bugungi kun dasturida qizlarimiz saralash bosqichidan bahslarga kirishadi. Hamyurtlarimizning dastlabki raqiblari bilan tanishing:

-50 kg: Jasmina Immayeva – Mariya Leorda (Moldaviya)

-76 kg: Muxlisa Normoʻminova – Kamile Gausatiye (Litva)