O‘zbekistonliklar “chiroyli” avtomobil raqamlarini sotib olish uchun qancha sarflagani ma’lum qilindi

  • 17:30 / 13.10.2021
  • 133

2021-yilning o‘tgan 9 oyi davomida avtoraqam.uzex veb-saytidagi onlayn-auksionlar orqali 221,1 mlrd so‘mlik 105,6 mingdan ziyod “chiroyli” avtoraqamlar sotildi. 

Ma’lumot uchun, joriy yilning birinchi yarmida sotilgan “chiroyli” avtomobil raqamlarining  narxi 139 millard so‘m, iyul-sentyabr oylarida bunga 82 milliard so‘mga yaqin mablag‘ qo‘shildi. Bu butun 2019-yil daromadidan ko‘p.

Respubilika tovar-xomashyo birjasi mazkur avtoraqamlarning sotuvi son jihatidan 1,7 barobarga, qiymati bo‘yicha – 28,3 foizga o‘sdi. Sotilgan avtoraqamning eng past bahosi – 450,5 ming so‘mni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 441,5 mln so‘mni tashkil qildi. Tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha qiymati 2,1 mln so‘mga teng bo‘ldi.