O‘zbekistonliklar «inomarka»larga 136 mln dollar sarflashdi

  • 12:04 / 21.05.2019
  • 590

Yilning dastlabki to‘rt oyi davomida yengil avtomobillar importi 136,8 mln dollardan oshdi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari darak beryapti.

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 2,1 baravar ko‘p. Taqqoslash uchun: 2018 yil davomida yengil avtomobillar importi 319 million dollarni tashkil etgandi.

Yanvar-mart oylarida mamlakatga 106,4 mln dollarlik avtomobillar import qilingandi, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 2,2 baravar ko‘p edi. 

Chet el avtomobillari importining o‘sishi aynan yanvar oyida qimmatbaho xorijiy mashinalarni olib kirish yengillashtirilgani bilan bog‘liq - agar avtomobil 40 ming dollar yoki undan qimmatroq tursa va ishlab chiqarilgan sanasidan ikki yil o‘tmagan bo‘lsa, unda unga nol stavkali boj va 20% aksiz solig‘i qo‘llaniladi.

Teglar