O‘zbekistonliklar Yangi yil uchun qaysi davlatlarga sayohat qildi va bu uchun qancha sarfladi?

  • 12:48 / 12.01.2020
  • 567

O‘zbekistonliklarning yangi yil bayramlaridagi eng qimmat chiptalari reytingini Aviasales.uz turistik qidiruv tahlilchilari tuzib chiqdi.

O‘zbekistonning aksariyat aholisi samolyotga so‘nggi lahzada, parvozga maksimum bir hafta qolgan vaqtda chipta xarid qilgan.

• Bu yilgi ta’tilda ikki yo‘lovchining 24 mln. so‘mga Toshkentdan Singapurga xarid qilgan chiptasi eng qimmat chipta bo‘lgan.

• Qimmatligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Toshkentdan Los-Anjelesga parvoz qayd etilgan. Bir tomonga sotib olingan chiptaning narxi 23 mln. so‘mni tashkil etgan.

• Poytaxtdan Bangkokka yo‘l olgan sayyoh sayohat uchun 22,5 mln. so‘m sarflagan.

• Yangi yil ta’tilini Dubayda o‘tkazish uchun sayyohlar 17,5 mln. so‘m ishlatishgan.

• Toshkentdan Pxuketga safar qilish Dubayga sayohatdan 500 ming so‘m arzonroqqa tushgan.

• Anqaraga yo‘l olgan yo‘lovchilar esa 15,5 mln. so‘mni sayohat uchun sarf qilgan.

• Ba’zi sayyohlar 14 va 15 mln. so‘m to‘lab, Yangi yilni nishonlash uchun Tbilisiga yo‘l olishgan.

• Eng qimmat chiptalar 10taligiga 12,6 mln so‘m sarflangan Toshkentdan Yekaterinburgga qatnov yakun yasagan.